O‘zbekiston elchixonasi Kiyevga qaytarildi
Olam
−
22 aprel 2022
9433Bugun, 22 apreldan boshlab O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev shahrida o‘zining to‘laqonli faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov xabar qildi.
“Savollar yuzasidan Elchixonaga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilshingiz mumkin: Kiyev shahri, Volodymyrska ko‘chasi, 16, 01901. Tel.: +380 44 501 50 00 (umumiy savollar), +380 44 501 41 81 (umumiy savollar), +380 44 501 41 82 (konsullik bo‘limi) va +380 44 501 41 83 (konsullik bo‘limi), el. pochta: embassy@uzbekistan.org.ua”, deydi Qobuljonov.
Eslatib o‘tamiz, Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi joriy yilning mart oyi o‘rtalarida poytaxtdan Lvov shahriga vaqtincha ko‘chirilgandi.
LiveBarchasi