O‘zbekiston Dubayga parvozlarni ko‘paytirdi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020 4947 1 daqiqa
Joriy yilning 5 oktyabridan boshlab Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marotaba amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ xabar bermoqda.
Joriy yil 4 sentyabridan boshlab O‘zbekiston 5 mamlakat bilan xalqaro parvozlarni tikladi. Unga ko‘ra, Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nali bo‘yicha parvozlar haftada bir marta – juma kunlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Turkiyaga haftasiga bir necha bor parvozlar amalga oshirilmoqda.
Toshkent-Frankfurt-Toshkent, Toshkent-Olmaota-Toshkent, Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishlarida esa haftasiga bir marta parvoz amalga oshirilib kelinmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr