O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi konferensiyada qatnashadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yil 1-2 dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, forum doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eng o‘tkir muammolardan biriga aylanib ulgurgan Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqqan ekologik inqiroz ham kun tartibining asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari to‘planadigan ushbu forum iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim bo‘yicha strategiyalar va “yashil” energetikaga o‘tishni moliyalashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan COP-28 da milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati tomonidan COP-28 raisi sifatida ilgari surilayotgan muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Dubay BMT BAA COP-28 Iqlim o'zgarishi Orol fojiasi ekologik inqiroz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing