O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgardi

Sport

image
Bugun, 19 sentyabr kuni Aychi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda boks bo‘yicha jahon chempioni To‘rabek Habibullayev hamda qilichbozlik bo‘yicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari chempioni Guliston Perdebayeva O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘ladi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ular ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilib, mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib chiqadi.

Avvalroq, Toshkentda bo‘lib o‘tgan sportchilarni Ayti-Nagoya -2026 XX yozgi Osiyo va V Para Osiyo o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimida Akbar Jo‘rayev va Marjona Pardaboyeva O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari sifatida tanlanilgan va ularga mamlakat bayrog‘i topshirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 396 nafar sportchi bilan qatnashadi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston barcha mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni bo‘yicha 11-o‘rinni egallagan.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing