O‘zbekiston delegatsiyasi Leo XIV’ning taxtga chiqish marosimida qatnashdi
Olam
−
19 may 5071 1 daqiqa
Kecha, 18 may kuni Vatikanda 267-Rim yepiskopi Leo XIV xizmatining rasmiy boshlanishi (taxtga o‘tirishi) munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ilgan. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashgan.
Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomini yetkazgan.
“O‘z navbatida, yangi Rim Papasi O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Fransisk (Xorxe Mario Bergolo) uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng joriy yilning 21 aprelda vafot etgan edi. Uning dafn marosimida O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.
7 may kuni Vatikanda Konklav ochildi – 133 kardinal yangi Rim papasini saylash uchun Sikstin kapellasiga yig‘ilishdi. Kardinallar Rim-katolik cherkovining yangi boshlig‘ini sayladi, u amerikalik Robert Prevo bo‘ldi.
Live
Barchasi