Nurdinjon Ismoilov Xomanaiyning xotira daftarini imzoladi
Jamiyat
−
06 mart 4396 1 daqiqa
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Toshkent shahridagi Eron elchixonasiga tashrif buyurib, marhum Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ochilgan xotira daftarini imzoladi. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
“U xotira daftarini imzolab, O‘zbekiston davlati va xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘llagan edi.
Joriy yilning 28 fevral kuni Isroil va AQSHning Eronga zarbalari ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirildi – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘ldi.