O‘zbekiston chegaralarida ham sanitariya nazorati kuchaytirildi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston maymunchechak (M-Pox) kasalligi kirib kelishiga tayyorgarlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda bugun, 19 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, maymunchechak virusi so‘nggi oylarda global xavf omiliga aylangan va Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika mintaqalarida kasallanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan.  

Shu sababdan, O‘zbekistonga ushbu kasallik kirib kelgan taqdirda amalga oshiriladigan kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar yuzasidan quyidagi tayyorgarlik choralari ko‘rilgan:

  • Yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizish maqsadida shifo o‘rinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi;
  • xastalikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilab olindi;

  • kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirildi;

  • maymunchechak virusining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi;

  • Shuningdek, kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda..

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston chegarasi va aeroportlarida maymunchechak virusi tufayli nazorat choralari kuchaytirilgandi


Maqola muallifi

Teglar

chegara sanitariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made