O‘zbekiston bu yil qancha oltin sotdi?
Jamiyat
−
08:45
2423O‘n oy ichida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 54,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,7 foizga oshgan. Bunga eksportning sezilarli o‘sishi (22,42 mlrd dollar, +9,6 foiz), shuningdek, importning o‘sishi (31,92 mlrd dollar, +4,7 foiz) sabab bo‘lgan.
“Oktyabr oyining o‘zida O‘zbekiston 833,4 million dollarlik oltin sotdi. Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshdi (yillik ko‘rsatkichda 3,5 foizga pasayish)”, deyiladi hisobotda.
Oltindan tashqari, sanoat mollari tovar eksportining asosiy qismi bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon ularni yetkazib berishdan tushgan tushum 3,4 mlrd dollarga (+0,8 foiz) yetgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi