O‘zbekiston Bosh vaziri Imomali Rahmonga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image
Aripov qo‘shimcha suv yetkazib bergani uchun Tojikiston tomoniga minnatdorlik bildirdi north_east

Aripov qo‘shimcha suv yetkazib bergani uchun Tojikiston tomoniga minnatdorlik bildirdi

Bugun, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.

Abdulla Aripov Tojikiston Prezidentiga qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.

Imomali Rahmon, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev nomiga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirib, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa yetakchi sohalardagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Xususan, birgina O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, sentyabr oyining o‘zida Dushanbe shahrida taniqli olimlar, tadqiqotchilar va yetakchi ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston – Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida O‘zbekiston tomonidan 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu qator sohalarni qamrab olgan tadbirlar o‘zaro aloqalarni mazmunan yanada boyitgani qayd etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida mamlakatlar hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Imomali Rahmon

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing