O‘zbekiston Bosh vaziri Afg‘onistonga bordi (video)
Jamiyat
−
17 avgust 2024 21230 1 daqiqa
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘onistonga bordi. Bu haqda “Sputnik Afg‘oniston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kobul aeroportida Abdulla Aripovni “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-Salom Hanafiy kutib olgan.
Delegatsiya bugun, 17 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasining ochishi hamda biznes anjumanida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Afg‘onistonga borgandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart