O‘zbekiston boks terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
15:15 323 1 daqiqa
Joriy yilning 19 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shahrida Osiyo o‘yinlariga start beriladi. 4 oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston boks terma jamoasining tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
- 55 kg: Samandar Olimov
- 60 kg: Abdumalik Xalokov
- 70 kg: Shavkatjon Boltayev
- 80 kg: Fazliddin Erkinboyev
- 90 kg: To‘rabek Xabibullayev
- +90 kg: Jahongir Zokirov
- Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev.
Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘ofurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov.
Ayollar:
- 51 kg: Feruza Kazakova
- 54 kg: Nigina O‘ktamova
- 60 kg: Sitora Turdibekova
- 65 kg: Navbahor Hamidova
- 75 kg: Aziza Zokirova
- Bosh murabbiy: Elshod Rasulov.
Murabbiylar: Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tojiboyev, Azim Xudayqulov. Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari dastlabki turida Filippinni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.