O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar yana bittaga ko‘paydi

Jamiyat

image

Kecha, 6 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzolagan.

“Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Lixtenshteyn Knyazligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolangan edi. Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 146-davlat sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Beliz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing