O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 145 taga yetdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 yanvar kuni Kampala shahrida O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Uganda Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.

“Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro tayyor ekanini bildirdi”, deyiladi TIV bayonotida.

Uganda TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilangan O‘zbekistonning tashqi siyosatini hamda davlat rahbari tomonidan xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan tashabbuslarni rasmiy Kampalada yuqori baholashlarini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Bahromjon A’loyev Ugandaning Kampala shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilgan. Tadbirda 100 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammiti kun tartibi va unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Xalqaro transport tarmoqlari va infratuzilmalarini rivojlantirish, iqtisodiy va moliyaviy tizimlarni takomillashtirish bo‘yicha Harakat doirasida yaqin hamkorlikni tashkil etish zarurligini ta’kidlagan. Mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni kuchaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni safarbar etish muhimligi qayd etilgan. Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘tgan yilning aprel oyida Serra-Leone, iyunda esa Trinidad va Tobago bilan diplomatik aloqa o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Uganda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made