O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida Bitim joriy yilning 18 fevralidan kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan

Bitim ikki mamkalat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va atrof muhitni himoya qilish sohalarda aloqalarni rivojlantirish va faollashtirishga xizmat qiladi.

Hujjatda ikki davlat mintaqalari o‘rtasida bevosita turist almashinuvini tashkil qilish, mintaqalar jozibadorligini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish kelishuvi aks ettirilgan.

Mazkur hukumatlararo Bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing