Lukashenko fevralda O‘zbekistonga keladi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko 2024 yilning fevral oyida O‘zbekistonga keladi va mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Bu haqda bugun, 5 dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Leonid Zayats aytgan. 

Uning qayd etishicha, Lukashenko va Mirziyoyevning uchrashuvi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

“Bugungi uchrashuv hamkorligimizni chuqurlashtirishga qo‘shimcha turtki bo‘ladi va kelgusi yilning fevral oyida Belarus va O‘zbekiston Prezidentlarining samarali uchrashuvini o‘tkazish uchun yaxshi asos bo‘lib xizmat qiladi”, deydi Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari. 

Zayats 2024 yil fevral oyi boshida tashrif arafasida O‘zbekistonda Belarus va O‘zbekiston mintaqalari ikkinchi forumining o‘tkazilishi amaliy hamkorlikni kengaytirish va savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi, deb umid bildirmoqda. 

Bosh vazir o‘rinbosari Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotganini urg‘ulagan. Uning eslatishicha, 2022 yil oxirida bu ko‘rsatkich 500 million dollardan oshgan. 

“Bu yilgi ishlar natijalariga ko‘ra biz o‘zaro savdo hajmini oshirishimiz allaqachon ma’lum bo‘lgan”, deydi Belarus hukumati rahbari o‘rinbosari. 

Ayni vaqtda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing