O‘zbekistonlik harbiylar Belarusdagi paradda qatnashadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Belarus Respublikasining mustaqilligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladigan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, xalqaro delegatsiyalar va 21 davlat vakillari Belarus Mustaqillik kunini nishonlashda ishtirok etishini tasdiqlagan. 

“Xalqaro delegatsiyalar va 21 davlat vakillari allaqachon Belarus Respublikasi Mustaqillik kunini nishonlashda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Belarus harbiylari bilan birgalikda 3 iyul kuni Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoyning piyoda parad bo‘linmalari Belarus poytaxti ko‘chalari bo‘ylab yurishadi”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq Belarus Mudofaa vazirligi paradda qatnashadigan Rossiya Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilari va harbiy texnikasi respublikaga kelganini ma’lum qilgandi. Jumladan, paradda harbiy texnika kolonnasini boshqaradigan ikkinchi jahon urushida foydalanilgan T-34 rusumli 10 ta tank, shuningdek, Msta-B gaubitsalari va Sani minomyotlari bo‘lgan poyezd allaqachon respublikaga yetib keldi. 

Mustaqillik kuni va Belarus fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan paradga 6 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 250 ga yaqin harbiy texnika jalb etilishi rejalashtirilgan. Paradning havo qismida Rossiya aviatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made