O‘zbekistonga Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari boshliq delegatsiya keladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Belarus Bosh vazirining o‘rinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi delegatsiyasi 3–5 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Belarusning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Delegatsiya ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning sakkizinchi yig‘ilishida va o‘zbek-belarus ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda muzokaralar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklarida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.

Delegatsiya a’zolari Belarus sheriklari bilan hamkorlik olib borayotgan O‘zbekistondagi o‘zbek-belarus qo‘shma korxonalari va kompaniyalariga boradi. Shuningdek, ular mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladigan Olmaliq hamda Samarqandga boradi.

Delegatsiya tarkibidan sanoat, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, ta’lim, tashqi ishlar, transport va aloqa, sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat standarti, Milliy Fanlar akademiyasi va Belarusning boshqa idoralar rahbarlari o‘rin olgan. Delegatsiyaning ishbilarmonlik qismiga mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati korxonalari rahbarlari hamda universitetlar rektorlari bilan uchrashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo hajmi 280,1 million AQSH dollarini tashkil etgan (2019 yilga nisbatan 17,1 foiz ko‘p), shu jumladan, Belarus tovarlari importi 237,5 million AQSH dollarini tashkil etgan, O‘zbekiston tovarlarining Belarusga eksporti — 42,6 million dollar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Belarus'

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing