Belarus do‘ppi tor kelgach, O‘zbekistondan G‘arb sanksiyalariga qarshi yordam so‘ramoqda
Olam
−
25 aprel 2022
45462Minsk O‘zbekistondan Belarusga AQSH va G‘arb sanksiyalari ro‘yxatiga kirgan tovarlar o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan mahsulotni yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ramoqda. Bu haqda bugun, 25 aprel Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashganida ma’lum qilgan.
“Belarus [O‘zbekistondan tovarlar importini oshirishdan] manfaatdor, ayniqsa, hozir, kollektiv G‘arb tomonidan mavjud bo‘lgan muayyan cheklovlar sharoitida. Biz o‘zbek tovarlarini Belarusga yetkazilishi hajmini oshirishga tayyormiz”, deydi Belarus Bosh vaziri.
Golovchenkoning ta’kidlashicha, birinchi navbatda, gap Belarusda barqaror va yuqori talabga ega bo‘lgan ip-kalava, metall, oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar haqida ketmoqda.
"Tovar aylanmasini oshirish uchun qanday shakllardan foydalanish haqida qaror qabul qilish kerak. Savdo uylari, qandaydir transport-logistika markazlarini yaratish haqida gapirish lozim", deydi Belarus hukumati rahbari.
Uning ta’kidlashicha, 2017 yildan buyon Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barobarga oshgan.
"Bu bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizning yaxshi ko‘rsatkichidir. Biz hech bo‘lmaganda belgilangan chegaraga (500 million dollar) erishish uchun yanada ko‘proq ishlashimiz kerak”, deydi Golovchenko.
Belarus tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 301,9 million dollarni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 7,8 foizga oshgan. Belarus eksporti 245,4 million dollarni tashkil etdi.
LiveBarchasi