O‘zbekiston Belarus bilan ham strategik sherik bo‘ldi
Jamiyat
−
09 iyul 1375 3 daqiqa
Bugun, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisning matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashilgan. Jumladan:
- 2026-2030 yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi;
- 2005 yil 19 yanvardagi “Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida”gi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- Belarus Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida bitim;
- O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- O‘zaro sayyohlar oqimni ko‘paytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi;
- 2026-2028 yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarusning “Bellegprom” davlat konserni o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston – Belarus ekspertlar kengashini ta’sis etish to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi o‘rtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ahdlashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi o‘rtasida ham memorandum imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etish joiz, joriy yilning iyul oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagandi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul