O‘zbekiston Gruziya bilan strategik sherik bo‘ldi
Jamiyat
−
14:35 662 2 daqiqa
Ma’lum qilinishicha, delegatsiyalar rahbarlari huzurida ham qator ikki tomonlama hujjatlar almashilgan. Jumladan:
- Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro ma’muriy yordam to‘g‘risida bitim;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Kasbiy va oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Gruziya Hukumati o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi o‘rtasida 2027-2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- “E-Permit” ruxsatnomalar almashinuvi axborot tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik hamda axborot almashish to‘g‘risida memorandum;
- Mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan Gruziya Adliya vazirligining Majburiy ijro byurosi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum ham imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davlat tashrifi bilan Gruziyada bo‘lib turibdi. Kecha, 2 iyul kuni Tbilisi shahridagi Orbeliani saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Tbilisi shahridagi tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan tor doirada va ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi elchixonasini ta’sis etish to‘g‘risida qaror ham qabul qilingan.
Live
Barchasi