O‘zbekiston bayroqdori Olimpiada medalini naqd qildi

Sport

image

Parij Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasiga bayroqdorlik qilgan bokschi Abdumalik Xalakov musobaqaning bronza medalini naqd qildi.

Chorak final bahsida Xalokov ispaniyalik Xose Brotonsga qarshi ringga ko‘tarilib, mutlaq ustunlikda g‘alaba qozondi va turnirning yarim finaliga yo‘l oldi.

Xalokovgacha Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov va Hasanboy Do‘smatov Olimpiada medalini kafolatlagandi.

Qayd etish joiz, bugungi kun dasturida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Navbahor Hamidova Parij Olimpiadasining medalini kafolatlashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Abdumalik Xalakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing