O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi libosda go‘zallik tanlovida qatnashgan qiz jazolandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi libosda “Yer go‘zali 2025” ko‘rik-tanlovida qatnashgan o‘zbekistonlik qiz jarimaga tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, M.Sh. 2025 yilning 28 oktyabr kuni Filippin poytaxti Manila shahrida 25 yildan buyon dunyo bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan “Yer go‘zali 2025” ko‘rik-tanlovida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i hamda davlat gerbi tasvirlangan libosda qatnashgan. Shuningdek, u ushbu libosda suratga tushib, uni o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga joylagani.

Kecha, 19 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida Sh.M. aybiga qisman iqrorlik bildirib, “Yer go‘zali 2025” ko‘rik-tanlovida ishtirok etganini, ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i hamda davlat gerbidan ilhomlanib, libos tiktirganini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud M.Sh. ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeskning 203-1-moddasi (davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, ya’ni 824 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

davlat bayrog'i davlat gerbi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing