Qirg‘iziston parlamenti bayroqni o‘zgartirishni ma’qulladi
Olam
−
20 dekabr 2023
4845Bugun, 20 dekabr kuni Qirg‘iziston parlamentida mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasiz ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda AKI Press xabar berdi.
Qirg‘iziston bayrog‘idagi nurlar shaklini to‘lqinsimon shakldan quyosh nurlariga yaqqol o‘xshatuvchi shaklga o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasi tashabbuskorlari – parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov hisoblanadi.
“Bugungi kunda Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi o‘rtada tunduk bilan quyosh nurlarini turli talqinlarda, masalan, kungaboqar guli yoki o‘txonaning pardasi kabi vizual idrok etishda dilemma mavjud. Bayroq tasviri ma’nosining noaniq talqinini bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur”, deya ta’kidladi qonun loyihasi mualliflari.
Qonun loyihasini qabul qilish uchun 59 deputat ovoz bergan, 5 nafari qarshi chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputatlari mamlakat davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgandi. 9 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda davlat bayrog‘ini o‘zgartirishga qarshi miting bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi