Rasman: Qirg‘iziston davlat bayrog‘i o‘zgardi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat parlamenti tomonidan joriy yilning 20 dekabrida qabul qilingan “Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, qonun asosiy davlat ramzlaridan biri – mamlakat bayrog‘ini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Mazkur qonun bilan Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining shakli to‘lqinlidan to‘g‘ri chiziqlarga o‘zgartirildi.

Shuningdek, qonunda davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan barcha turdagi rasmiy hujjatlarning amal qilish muddati tugagunga qadar, avtotransport vositalarining davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan davlat raqamlari va transport vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar esa tegishli organ tomonidan ularni almashtirish to‘g‘risidagi tegishli qaror qabul qilingunga qadar amal qilishi belgilab qo‘yilgan.

Prezident matbuot kotibi Askat Alagozovning tushuntirishicha, qonun “Erkin-Too” gazetasida (gazeta kelasi seshanba kuni chiqadi) e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

“Vazirlar Mahkamasi o‘z qarori bilan Davlat bayrog‘ining texnik tavsiflarini tasdiqlashi shart. Buning asosida yangi bayroq tayyorlanadi va binolardagi bayroqlar almashtiriladi. Bu biroz vaqt talab etadi”, deydi u.

Prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, amaldagi davlat bayrog‘iga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish talablari yangisi osilgan taqdirda ham o‘z kuchida qoladi. Alagozov bu Prezident Sadir Japarovning aniq ko‘rsatmasi ekanini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov davlat bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing