BAA-O‘zbekiston o‘yini oldidan futbol muxlislari ogohlantirildi (video)
Sport
−
14 may 31873 1 daqiqa
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi o‘yini oldidan turistik kompaniyalar borasida ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda bosh boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 5 iyun sanasida BAAga qarshi o‘yini oldidan turistik kompaniyalar tomonidan muxlislarga o‘yin chiptasi kafolatlangan tur paketlar taklif etilayotgani kuzatilmoqda. Biroq hozircha BAAda bo‘lib o‘tadigan bahsning rasmiy chiptalari sotuvga chiqarilmagan. Shu bois IIBB futbol muxlislarini hushyorlikka chaqirdi.
“Chipta kafolatlangan degan va’dalarga ishonib, tasdiqlanmagan sayohat paketlarini xarid qilish moliyaviy zarar yoki firibgarlikka uchrash xavfini oshiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 2026 yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga, 10 iyun kuni esa Toshkentda Qatarga qarshi maydonga tushadi.
Temur Kapadze qo‘l ostidagi jamoa A guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Agar jamoa BAAga qarshi o‘yinda bir ochko qo‘lga kiritsa, muddatidan avval mundial masalasini hal qiladi.
Live
Barchasi