O‘zbekiston Xitoy bilan durang o‘ynadi

Sport

image

Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Xitoy terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda dastlab Xolida Dadaboyeva 41-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq Xitoy vakili Jan Lin Yang 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, Kotrina Kalbayt shogirdlari guruh bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvdan so‘ng 2 ochko jamg‘ardi va hozirda “G” guruhida 2-o‘rinda bormoqda.

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining 3-turida Gonkongga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba Katrin Kalbayt shogirdlariga musobaqadagi ishtirokini davom ettirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi musobaqaning dastlabki turida Filippin bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari dastlabki turida Filippinni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing