O‘zbekiston ayollar MTJning Osiyo kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
29 iyul 4408 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni Avstraliyaning Sidney shahrida 2026 yilgi futbol bo‘yicha ayollar Osiyo kubogi bahslari uchun qur’a tashlandi. Ushbu marosim Osiyo futbol konfederatsiyasining You-tube kanalida jonli namoyish etildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi:
- KXDR;
- Xitoy;
- Bangladesh;
- O‘zbekiston.

Ma’lumot uchun, ushbu turnir 2026 yilning 1 martidan 21 martiga qadar Avstraliyaning 5 ta shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyodan jami 12 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘linib ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi. Hal qiluvchi so‘nggi o‘yinda o‘zbekistonliklar Nepal ayollar milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
Live
Barchasi