O‘zbekiston aviaqatnovlar masalasida Tojikistonni ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tojikistonni 1 iyuldan Dushanbe bilan doimiy reyslarni tiklash niyatida ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

O‘zbekiston tomonning rasmiy xati Tojikiston Transport vazirligiga topshirilgan.

Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaaloqa joriy yilning 16 mart kuni to‘xtatilgandi. Bundan tashqari, 16 mart kuni O‘zbekiston Tojikiston bilan chegarani ham yopgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 30 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aeroportlar yopilgandi.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashqi turizmni tiklash haqida gapira turib, Turkiya bilan aviaqatnovlar tiklanishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston aviaqatnov

Baholaganlar

619

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing