O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi
Bu qiziq
−
24 yanvar 5130 1 daqiqa
O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy qudrat bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetkachiga aylandi. Bu haqda Global Firepower tomonidan elon qilingan reytingda keltirilgan.
2026 yilgi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 145 mamlakat ichida o‘z reytingini besh pog‘onaga yaxshilab, 53-o‘ringa ko‘tarilgan va bu natija orqali 58-o‘rinni egallagan Qozog‘istonni ortda qoldirgan.
Mintaqaviy reyting quyidagicha:
- O‘zbekiston – 53-o‘rin;
- Qozog‘iston – 58-o‘rin;
- Turkmaniston – 78-o‘rin;
- Tojikiston – 100-o‘rin;
- Qirg‘iziston – 109-o‘rin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy ustunliklaridan biri uning safarbarlik resursi bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisidan qariyb 16 millioni harbiy xizmatga yaroqli hisoblanadi. Taxminan 120 ming harbiy xizmatchi qurolli kuchlarda, asosan quruqlikdagi bo‘linmalarda xizmat qiladi.
Armiya ixtiyorida 470 ta tank va 8692 ta zirhli transport vositasi mavjud. Uning artilleriyasida 177 ta o‘ziyurar qurol mavjud bo‘lib, bu toifada dunyoda 23-o‘rinda turadi. Shuningdek, harbiy-havo kuchlari tarkibida 159 ta havo transporti mafjud bo‘lib, ulardan 101 tasi vertolyotlarga to‘g‘ri keladi. 34 ta hujum vertolyoti bilan mamlakat ushbu toifada dunyoda 20-o‘rinni egallab turibdi.
Reytingda kuchli o‘ntalikdan quyidagi davlatlar joy olgan:

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston Qurolli kuchlari 145 mamlakat ichida 58-o‘rinni egallagan edi.
Aliqulov Javohir