O‘zbekiston armiyasi G‘alaba paradida qatnashish uchun Rossiyaga yetib bordi

Olam

image

Joriy yilning 24 iyun kuni Moskva shahridagi "Qizil maydon"da bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun 12 mamlakat harbiylari Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda harbiy paradni boshqaradigan armiya bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov ma’lum qildi.

"Bizga 12 mamlakatning harbiy xizmatchilari tashrif buyurdi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston", dedi u "Krasnaya Zvezda" gazetasiga bergan intervyusida.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi poytaxtida G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan paradga borishi ma’lum bo‘lgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Moskvada 9 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan G‘alaba paradi pandemiya sabab 24 iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan edi


Maqola muallifi

Teglar

armiya harbiy parad

Baholaganlar

592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing