O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 20 taligiga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qurolli kuchlari dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 19-o‘rinni egalladi. Bu haqda “US News and World Report” nashri tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.

Tadqiqotga ko‘ra, reytingda Rossiya, AQSH va Isroil yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Buyuk Britaniya, Ukarina, Germaniya hamda Turkiya egallagan. 2023 yilda uchinchi o‘rinni egallagan Xitoy to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Kuchli 20 talikni Iordaniya yakunlagan.

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan faqat Qozog‘iston reytingga kiritilib, 22-o‘rinni egalladi. Nashrning yozishicha, qo‘shinlarning kuchi global so‘rov ishtirokchilarining fikrlari asosida baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19 yildan beri 145 mamlakat armiyasini kuzatib boradigan, “Qaysi armiya dunyodagi eng kuchli?" degan savolga javob berish uchun qurolli kuchlarning moliyaviy ta’minotidan tortib, logistika va geografik xususiyatlarigacha bo‘lgan 60 dan ortiq mezonlarni o‘rganadigan “Global Firepower“ veb-sayti mutaxassislari 2024 yildagi eng kuchli armiyalar ro‘yxatini ochiqlagandi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi reytingda kuchli uchlikni egallagan AQSH, Rossiya va Xitoy bu yil ham o‘z pozitsiyasida qolgan. To‘rtinchi o‘rinni esa Xitoy va Pokiston bilan “muammosi bor” Hindiston egallagan.

Markaziy Osiyoda esa Qozog‘iston (58) peshqadam bo‘lib, qo‘shni davlat bir yilda reytingda 5 pog‘ona yuqorilagan. O‘zbekiston esa o‘tgan yilgi 62-o‘rnidan 65-pog‘onaga tushib ketgan. Ushbu ro‘yxatda Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar – Turkmaniston (83), Qirg‘iziston (100), Tojikiston (107) va Afg‘onistonning (115) ham harbiy salohiyati chamalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qurolli kuchlar O'zbekiston armiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing