O‘zbekiston Afg‘oniston bilan harbiy hamkorlik qilishi mumkin
Jamiyat
−
16:52 2776 2 daqiqa
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu haqda Prezidentning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsad qilingan.
Shu maqsad doirasida mintaqada ishonch choralarini mustahkamlashga qaratilgan faol harbiy-siyosiy muloqotni olib borish, shu jumladan, Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Xususan, joriy yil iyunda Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga kiritiladi.
Sentyabrda esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Markaziy Osiyo davlatlariga hamkorlik rejalariga va afg‘on tomoniga hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha takliflarni yuboriladi.
Shuningdek, oktyabr–dekabrda ijobiy javob olingach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda, xorijiy hamkorlar bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qurolli kuchlari “Global Firepower” tomonidan elon qilingan reytingda harbiy qudrat bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetkachi bo‘lgan edi. 2026 yilgi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 145 mamlakat ichida o‘z reytingini besh pog‘onaga yaxshilab, 53-o‘ringa ko‘tarilgan va bu natija orqali 58-o‘rinni egallagan Qozog‘istonni ortda qoldirgan.
Live
Barchasi