O‘zbekiston akademik eshkak eshuvchilari ilk bor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
11 avgust 3492 1 daqiqa
2025 yil 6-10 avgust kunlar Litvaning Trakay shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa O‘zbekiston sporti tarixida unutilmas voqeaga aylandi, ya’ni terma jamoa ilk bor dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olipiya qo‘mitasi xabar berdi.
Keskin va murosasiz bahslarda O‘zbekiston vakillari ikki yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘lishdi:
- JW2- (juftlik, ayollar, ikki eshkak): Rayhon Sattorova / Aydana Smetullayeva
- JM1x (yakka, erkaklar): Jamol Turg‘unov
Bu natija o‘zbek akademik eshkak eshish tarixida yangi bosqichni boshlab berdi va kelgusidagi yirik startlar oldidan sportchilarga katta ruhiy turtki bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan oldingi eng yaxshi natija 2021 yilgi Chexiyaning Rachitse shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qayd etilgan. O‘shanda 2000 metr masofaga kechgan juftlik bahsida Yevgeniy Agafonov va Shahzod Nurmatov juftligi muvaffaqiyatga erishdi. Saralashda birinchi natija qayd etgan o‘zbekistonliklar finalda uchinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tgan va bronza medali bilan taqdirlangan.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi