O‘zbekiston AQSHdan deportatsiya qilinganlar masalasida Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan ham bog‘landi
Olam
−
21 fevral 4649 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlaridan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi orqali mamlakatga qaytadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi uzoq yillardan buyon O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlariga xavfsiz deportatsiyasini ta’minlash maqsadida AQSHning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
“Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi”, deya yozgan u.
U, shuningdek, deportatsiya borasida Lotin Amerikasi davlatlari bilan ham diplomatik kanallar orqali aloqalar o‘rnatilganini aytdi.
“OAVda O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boryapmiz. Ushbu masala yuzasidan diplomatik vakolatxonalarimiz Amerika tomonidan boshqa davlatlarga deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot berishni so‘rab murojaat qildi. Bundan tashqari, bu borada Lotin Amerikasi davlatlari bilan diplomatik kanallar orqali ham aloqalar o‘rnatilgan”, degan Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH o‘zbekistonlik muhojirlarni harbiy samolyotda Panamaga deportatsiya qilgani bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga so‘rov kiritgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr