O‘zbekiston Ai-80 markali benzindan voz kechmoqchi

Olam

image

“O‘zbekneftegaz” AJ departament direktori kelgusi, 2022 yildan boshlab Ai-80 markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechilishini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 16 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Ai-80 benzini asosan xalqimizni, iste’molchilarni o‘ylab “O‘zbekneftgaz” tomonidan ishlab chiqarilyapti va arzon narxda taklif etilyapti. Bugungi kunda ham ushbu markali benzin 6800-6900 so‘m atrofida sotilmoqda”, deydi Departament direktori Xushnudjon Mahmudov.

“O‘zbekneftgaz” strategiyasiga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab Ai-80 markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechiladi va yanada sifatli qilib ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu anjumanda so‘zga chiqqan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev benzin narxi 10-15 kunda o‘zgarishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning boshidan buyon O‘zbekistonda AI-80 markali benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 700,2 ming so‘mdan 9 302,8 ming so‘mgacha, ya’ni 63,2 foizga (3 600 so‘m) o‘sgan. 


Maqola muallifi

Teglar

import avtomobil' benzin

Baholaganlar

718

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing