O‘zbekiston Afg‘onistonga 100 million dollarlik elektr yetkazib beradi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha 100 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Afg‘onistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” davlat energetika kompaniyasi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, shartnoma Afg‘oniston “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Hafiz Muhammad Amin va O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari rahbari Dadajon Isaqulov o‘rtasida imzolangan. Kelishuv ikki kun davom etgan muzokaralardan so‘ng imzolangan. 

Shartnoma qiymati 2 milliard kVt/soatni tashkil etadi va uning qiymati yiliga 100 million dollarga yaqin bo‘ladi. Qayd etilishicha, tashrif davomida DABS delegatsiyasi o‘tgan yili imzolangan “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini ham muhokama qilgan. 

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston bilan to‘xtatilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga va’da bergan va to‘xtatilgan loyihalar xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini bildirgan. 

Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi Afg‘oniston energetika tizimiga faqat O‘zbekiston orqali ulangan, ya’ni yagona energiya tizimi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqat O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin. 

Avvalroq, Tojikiston va Afg‘oniston elektr tarmoqlari kompaniyalari 2022 yil uchun qo‘shni davlatga tojik elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing