O‘zbekiston Afg‘onistonda to‘qimachilik sanoatini qayta tiklamoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Afg‘onistonda to‘qimachilik sanoati qayta tiklanishiga ko‘mak beradi. Yaqinda Kobul shahrida Afg‘onistondagi to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro imzolangan memorandumda shu jihatga alohida e’tibor qaratilgan.

Hujjat doirasida O‘zbekiston tomoni afg‘on to‘qimachilik sanoatiga konsultativ va texnik ko‘mak ko‘rsatishi nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Afg‘oniston to‘qimachilik korxonalari qayta tiklanishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha yordam beradi.

Bundan tashqari, mazkur qo‘shni davlat to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini o‘qitishi bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida kurslar tashkil etish, mahalliy korxonalarda esa malaka oshirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘onistonga to‘qimachilik sanoati holatini o‘rganish uchun borishdi. Ular safar chog‘ida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha yirik afg‘on korxonalari va to‘qimachilik fabrikalariga tashrif buyurdilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston to'qimachilik sanoati

Baholaganlar

5

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing