“Tolibon” vakillari Toshkentga keldi
Jamiyat
−
24 iyul 2022 14027 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekistonga Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kutib oldi.
Qayd etilishicha, delegatsiya 2022-yil 25-26 iyul kunlari poytaxt Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr