O‘zbekiston Afg‘onistonning seldan jabr ko‘rgan hududlariga insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
04 iyun 2022
7687Joriy yilning 2 iyun kuni Afg‘onistonning Balx viloyati Qaldar tumanida O‘zbekiston tomonidan bundan avvalroq yetkazilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston rahbariyatiga chuqur minnatdorlik bildirib, insonparvarlik yordami o‘z vaqtida ko‘rsatilayotganini alohida ta’kidlagan.
Tuman rahbari M.Vali O‘zbekistonning insonparvarlik yordami Afg‘onistonning shimoliy hududlari, xususan, Balx viloyati aholisi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etgan.
Qayd etilishicha, un, o‘simlik yog‘i, bug‘doy, guruch, makaron, konserva, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlardan iborat to‘plamlar, bir oy avval kuchli suv toshqini va sel sodir bo‘lgan Qunduz, Samangan, Tahor va Juzjon viloyatlariga ham yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oxirgi marta joriy yilning 30 aprel kuni Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborgandi. Undan oldin esa o‘tgan yilning dekabr va sentyabr oylarida afg‘on xalqi uchun insonparvarlik yuki yetkazilgan.
LiveBarchasi