O‘zbekiston yuborgan insonparvarlik yordami Afg‘onistonga yetkazildi
Jamiyat
−
30 aprel 2022
8813O‘zbekiston Respublikasining afg‘on xalqi uchun yuborgan insonparvarlik yordami yuklari ortilgan ezgulik poyezdi Afg‘onistonga yetib bordi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 58 ta vagonga ortilgan yordam yuki Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali jo‘natilgan. Insonparvarlik yordami Balx viloyatining Xayraton shahriga yetkazilgan.
Shu munosabat bilan bu yerda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi o‘tkazilmoqda.
Afg‘onistonga yuborilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o‘rin olgan:
16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
5 ta vagonda guruch mahsuloti
1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog‘;
2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
29 ta vagonda 2000 tonna bug‘doy.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oxirgi marta o‘tgan yilning dekabr oyida Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborgandi. Undan oldin esa 2021 yil sentyabr oyida afg‘on xalqi uchun 1300 tonna insonparvarlik yuki yetkazilgan.
LiveBarchasi