O‘zbekiston Afg‘onistonda AQSH mablag‘lari evaziga temir yo‘l qurishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston boshchiligida Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi “Mozori-Sharif-Qobul” temir yo‘lini qurishi va bunga AQSH mablag‘larini jalb etishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 noyabr kuni imzolagan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. 

Qaror bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilingan. Unda, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan  “Mozori-Sharif-Qobul” temir yo‘l temir yo‘lini qurish loyihasining barcha jihatlarini muhokama qilish va amalga oshirish belgilangan. 

Unga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida Afg‘onistonning Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralar ishtirokida Ishchi guruhi tashkil etiladi. 

Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston transport vazirlari o‘rtasida trans-afg‘on temir yo‘lining optimal, iqtisodiy jihatdan foydali yo‘nalishini tezkor o‘rganish va tanlash bo‘yicha muzokaralar olib boriladi. 

Dekabr oyida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan loyihani moliyalashtirish uchun AQSH xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish uchun qo‘shma murojaat jo‘natiladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing