“O‘zbekiston –Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasi ish boshladi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida фаолият yuritayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ҳузуридаги Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘zbek-afg‘on biznes forumi ўтказилди.

Forum doirasida dastlab Termiz tumanidagi “Termiz kargo” eksport markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston – Afg‘oniston” chegaraoldi savdo zonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari ishtirokidagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov, Afg‘oniston Islom Respublikasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari M.Yurish ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamkorlik aloqalari so‘nggi yillarda yangi bosqichda rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Chegaraoldi savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlarining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydigan o‘ziga xos do‘stlik кўприги vazifasini o‘tashiga ishonch билдирилди.

Bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Shunga muvofiq chegaraoldi savdo zonasiда ham qo‘shni davlat ishbilarmonlari uchун barcha zamonaviy qulaylik yaratildi. Bojxona terminali, keng, shinam mehmonxona, restoran va boshqa shoxobchalar afg‘on ishbilarmonlari xizmatida. Hujjatlarning “Bir darcha” tamoyili asosida taqdim etilishi rasmiylashtirish jarayonini hech qanday to‘siqlarsiz, tez va sifatli amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Bu yerdagi pavilonlarda yon qo‘shni davlat uchун oziq-овқат, yengil, charm-poyabzal, farmatsevtika, qurilish, avtomobilsozlik va boshqa sanoat korxonalarida ишлаб chiqarilgan uch yuz turdan ortiq tayyor mahsulot ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Marosim yakunida mehmonlar ана shu mahsulotlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ҳузуридаги Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tgan biznes forumda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Afg‘oniston Islom Respublikasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari M.Yurish, Afg‘oniston Islom Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Abdul Rahim Abdul Rahmon va boshqalar keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan do‘stlik, o‘zaro hamkorlik aloqalari Afg‘onistonni barqaror rivojlantirish uchун muhim qadam bo‘layotganini alohida qayd etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

2

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing