O‘zbekiston aholisining qo‘lida qancha naqd pul borligi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan naqd pullar miqdori 40 trln 512 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan 2022 yil 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha pul agregatlari statistikasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, milliy valyutadagi pul massasi miqdori o‘tgan oyga nisbatan qariyb 5,4 trln so‘mga ko‘paygan va 113,6 trln so‘mga yetgan.

May oyidan farqli ravishda, iyun oyida chet el valyutasidagi depozitlar (milliy valyuta ekvivalentida) miqdori 5 trln 425 mlrd so‘mga kamaygan.
 
Milliy valyutadagi pul massasining barcha turlari miqdori oshgan, xususan, muomaladagi naqd pullar ham 3 trln 645 mlrd so‘mga ko‘paygan hamda ularning miqdori 40 trln 512 mlrd so‘mni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pul

Baholaganlar

2232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing