O‘zbekiston aholisi yil boshidan beri rekord darajada boyidi

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik fuqarolar so‘ngi uch oy davomida rekord darajada boyigan. Bu haqda Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy holati haqida bergan hisobotida ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining real daromadlari 2023 yilning yanvar-mart oylarida o‘tgan yilga nisbatan 4,9 foizga oshgan. Ya’ni 2022 yilning birinchi choragida 5,9% o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, shu yilning mos davrida 10,8% o‘sish kuzatilgan. Bu esa mazkur davrdagi rekord darajadagi o‘sish hisoblanadi.

O‘tgan yillarning mos davri bilan solishtirganda aholining real daromadlari 2021 yilda 9,8 foizga, 2020 yil 7,6 foizga, 2019 yilda 8,6 foizga, 2018 yil 10,6 foizga, 2017 yilda esa 9,3 foizga o‘sgan.

2022 yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 114,2 trln so‘mni tashkil etgandi. 2023 yilgi hisobotda esa aholining daromadlari qancha summani tashkil etayotgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

Shuningdek, YAIM hisobi 5,5 foizga o‘sib, o‘tgan yilning mos davridan 0,6% pastroq o‘sish holati qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro 1 million dollar pul ishlab topishi uchun o‘rtacha 277 yil kerak bo‘lishi haqida tahlil e’lon qilingan edi. 102 davlat kiritilgan reytingda O‘zbekiston eng past natijalardan birini qayd etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

aholi boylik real daromad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made