O‘zbekiston 4 oyda xorijdan qancha mobil telefon import qilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 628,9 ming dona mobil telefonlar import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bergan.

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan. O‘zbekiston 10 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. 

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 422,1 ming dona
  • Vetnam – 72,9 ming dona
  • Qozog‘iston – 63,5 ming dona
  • BAA – 42,6 ming dona
  • Hindiston – 27,7 ming dona
  • Rossiya – 600 dona
  • Yaponiya – 16 dona

Maqola muallifi

Teglar

mobil telefon import

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing