“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokamaga qo‘yildi
Olam
−
31 iyul 2023
5523O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Aytilishicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Fuqarolar loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni “Regulation.gov.uz” va “2030.strategy.uz” portallariga yuborishlari mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi 9 avgustgacha davom etadi.
LiveBarchasi