O‘zbekiston 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasini oladi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
4008O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasini oladi. Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi
COVAX dasturi bo‘yicha koronavirusga qarshi vaksinalar kam va o‘rtacha daromadli 92 mamlakatga iyun oyigacha taqdim etiladi. Bu haqda UNICEF saytida ma’lum qilindi.
UNICEF taqdim etgan jadvalga ko‘ra, O‘zbekiston 2 mln 640 ming doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi.
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari ishlab chiqargan Comirnaty vaksinasidan ham olib kelishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi