O‘zbekiston hukumati a’zolari tasdiqlandi
Jamiyat
−
21 noyabr
16768O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar lavozimlariga ma’qullandi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibi quyidagicha:
- Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
- Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;
- Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
- Zulayxo Baxriddinovna Mahkamova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
- Laziz Shavkatovich Qudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
- Botir Erkinovich Zohidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
- Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri;
- Shavkat Rahimovich Xamroyev – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri;
- Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
- Ilhom Rustamovich Mahkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
- Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri;
- Bobur Farhodovich Islomov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
- Sherzod Xotamovich Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
- Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
- Asilbek Anvarovich Xudoyorov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
- Xilola O‘ktamovna Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
- Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
- Adham Ilhomovich Ikromov – O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri;
- Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
- Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
- Baxtiyor Odilovich Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
- Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
- Po‘lat Razzaqovich Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
- Baxodir Nizamovich Qurbonov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar barcha vazirlarni lavozimiga ma’qulladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat hukumatining o‘tgan 5 yillikdagi faoliyati tahlil qilinib, erishilgan yutuqlari sarhisob qilingan va Bosh vazirlik lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi taqdim etilgandi. Nomzod va hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi. Shundan so‘ng Abdulla Nigmatovich Aripovni Bosh vazir lavozimiga tayinlash to‘g‘risida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni imzolandi.