O‘zbekiston hozir ochiq, oldingidek yopib qo‘yishga ilojimiz yo‘q – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, yana bir bor ommaviy axborot vositalari faoliyati, mamlakatdagi so‘z erkinligi xususida fikr yuritdi.

“Xalq ovozi ularni [hokimlarni] sergak bo‘lishga, sergak yurishga, sergak ishlashga, har bir gapini o‘ylab gapirishga majbur qilishi kerak. O‘zbekiston hozir ochiq, oldingidek yopib qo‘yishga ilojimiz yo‘q. Chegaralarni yopmaymiz endi. Internet yopilmaydi. Ommaviy axborot vositalariga yana bir marta minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi”, deydi davlat rahbari. 

Prezident endilikda ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga o‘rganmagan rahbarlar bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelishini yana bir bor ta’kidladi. 

“Katta sinovlardan o‘tyapmiz, ayrimlar ommaviy axborot vositalarining savollariga, ommaviy axborot muhitini yaratishga chidamayapti, adolat ovozini eshitishni xohlamayapti. Lekin majbur bo‘ladi. Yoki xayrlashamiz”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

818

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing