“O‘zbekiston havo yo‘llari” Jiddaga parvozlarni ko‘paytirdi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Jiddaga parvozlarni ko‘paytirishi mumkinligi haqidagi  xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. 

E’tiborli tomoni mazkur yangilikni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi emas, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan edi.

Xo‘sh, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent-Jidda yo‘nalishidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 6 kunga ko‘paytirmoqchimi? Kompaniya matbuot xizmati bunga oydinlik kiritar ekan, mazkur xabarni inkor etmagan holda, joriy yilning 1 aprelidan haftaning har kuni parvoz amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent-Jidda yo‘nalishida qatnovlar har kuni qo‘yidagi ko‘rinishda amalga oshiradi:

HY-335 Toshkent 18:40 – Jidda 21:40
HY-336 Jidda 23:45 – Toshkent 06:15+1

Toshkent-Jidda yo‘nalishida qatnovlarning oshirilishidan turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qay darajada manfaatdor?

Qo‘mitaning ziyorat va arxeologik turizmni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Saidkomil Xolxo‘jayev bunga izoh bildirar ekan:

“Yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish nafaqat bizni tashkilotimiz yoki mehmonxonalar, balki shu soha vakillarining hamkorligiga bog‘liq, jumladan aviakompaniyaga ham. Bu borada ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Misol uchun, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. Ayni vaqtda uni haftasiga olti martaga yetkazish chorasi ko‘rilmoqda. Bu nimaga kerak? Birinchidan, mahalliy aholining Umra safarini qulayroq amalga oshirishida qo‘l keladi. Ikkinchidan, har bir mamlakat fuqarosi Arabistonga ziyoratga borguncha yoki qaytishda yo‘l-yo‘lakay boshqa, o‘ziga qiziq davlatlarga sayohat qilishni istaydi. Misol uchun, o‘tgan yili Indoneziyadan qariyb bir million nafar musulmon Hajga borgan bo‘lsa, uning yuz ming nafari Turkiya orqali safar qilgan. Bunday yo‘nalishlar sayyohlarga vaqtni va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ayni vaqtda bizda ham bir qator rejalar bor. Toshkent-Jidda, Kuala-Lumpur keyinchalik, qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiyadan Haj yoki Umra ziyoratiga ketayotgan sayyohlarni Samarqand yoki Buxoroda 4-5 kun sayohatga olib qolish rejasi bor”, deb aytib o‘tgan Saidkomil Xolxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, Milliy aviakompaniya o‘tgan yil 28 oktyabrdan “Toshkent - Jidda” yo‘nalishida aviareyslar sonini haftasiga ikki martaga yetkazgan edi. Ziyorat turizmi bo‘yicha sayyohlar sonini ko‘paytirish uchun u “Kuala-Lumpur - Toshkent” reysiga ulangan. Reyslar seshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Bundan oldin esa Milliy aviakompaniya Jiddaga parvozlarni “Haj” dasturi doirasida faqat charter asosida bajarar edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston havo yo'llari

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing